CAEx Mebel & Decor 2026 dizaynerlar va arxitektorlarni birlashtiradi
Xalqaro ekspertlar va sanoat yetakchilari O‘zbekiston mebel bozorining salohiyati bilan tanishmoqda.
CAEx Mebel & Decor 2026 dizaynerlar va arxitektorlarni birlashtiradi
04.04.20262–4-aprel kunlari Toshkentda o‘tkazilgan CAEx Mebel & Decor 2026 xalqaro mebel va interyer yechimlari ko‘rgazmasi doirasida professional hamjamiyatning taniqli vakillari tashrif buyurishdi. O‘zbekistonlik interyer dizayner, dizaynerlar va arxitektorlar uchun onlayn ekotizim - myproje.uz asoschisi Zoir Rajabov, shuningdek, italiyalik arxitektor va dizayner, Marko Poletti Studio va DNA harakatining asoschisi Marko Poletti (Marco Poletti)shular jumlasidan.
Marko Poletti tashrifi davomida ko‘rgazma ekspozitsiyasi bilan tanishib, o‘zbekistonlikmebel ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini o‘rganib chiqdi va taqdim etilgan yechimlarni yuqori baholadi, mahalliy bozor salohiyati hamda sanoat rivojlanish darajasini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, tashrif doirasida u CAEx operatsion direktori Mehmet Dükkancı bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida hamkorlik istiqbollari, dizaynerlar hamjamiyatini rivojlantirish va xalqaro tajribani mahalliy bozor hamda CAEx Mebel & Decor 2027 ko‘rgazmasiga integratsiya qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
CAEx operatsion direktori Mehmet Dükkancı shunday ta’kidladi:
«Biz uchun ko‘rgazmaning nafaqat ishlab chiqaruvchilar, balki professional dizaynerlar hamjamiyati uchun diqqat markaziga aylanishi muhim. Mahalliy va xalqaro ekspertlarning ishtiroki O‘zbekiston bozoriga qiziqish ortayotganini va mebel sanoati hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjudligini tasdiqlaydi».
Ko‘rgazma 4-aprelgacha o‘z ishini davom ettiradi va ishtirokchilar hamda mehmonlarga professional muloqot, tajriba almashish va yangi hamkorliklarni izlash imkoniyatlarini taqdim etadi.
Qayta aloqa
Savollar qoldimi yoki qatnashishni xohlaganmisiz?
En
Ru
Uz
Ge
Cn