28-30 aprel kunlari
30-yubiley Toshkent xalqaro ko'rgazmasi "Sog'liqni saqlash-TIHE 2026" ko'rgazmani Markaziy Osiyo tibbiyot texnologiyalarining yetakchi markaziga aylantiruvchi biznes-platforma. Tadbir holati: UFI-tasdiqlangan tadbir
TIHE 2026
TIHE 2026: Oʻzbekistonning yetakchi tibbiy koʻrgazmasi
2026-yil 28-30-aprel kunlari CAEx Uzbekistan ko'rgazma majmuasida O'zbekiston sog'liqni saqlash sohasidagi yetakchi tadbir bo'lgan 30-yubiley Toshkent Xalqaro «Sog’liqni saqlash – TIHE 2026» ko’rgazmasi bo'lib o'tadi. O’ttiz yil davomida TIHE soha mutaxassislarini o'ziga jalb qilib, innovatsiyalarni taqdim etish, dolzarb muammolarni muhokama qilish va biznes aloqalarini o'rnatish uchun muhim platformaga aylandi.
Ko'rgazma dasturi ixtisoslashgan bo'limlarni o'z ichiga oladi:
• PharmExpo Central Asia –tayyor dori vositalari, farmatsevtika ishlab chiqarish uchun uskunalar, xomashyo va texnologiyalarni namoyishi.
• Stomatology Uzbekistan - stomatologiya uchun uskunalar va sarf materiallari.
Shu bilan bir qatorda, TIHE maydonida Estetik tibbiyot, kosmetologiya va parfyumeriya-kosmetika sanoatining ixtisoslashtirilgan xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tadi, unga quyidagi tadbirlar kiradi:
• Beauty Uzbekistan – go'zallik, parfyumeriya va kosmetika sanoati ko'rgazmasi
• BeautyDerma Central Asia – amaliyot mutaxassislari uchun estetik va apparat kosmetologiyasi, professional va anti-age parvarish, uskunalar va asboblar ko'rgazmasi.
BIZNES DASTURI sog'liqni saqlashni rivojlantirish uchun innovatsion yechimlar, global tendentsiyalar va samarali vositalarga qaratilgan.
Kimda qiziqish uyg’otadi?
- Klinikalar, kasalxonalar, farmatsevtika kompaniyalari va dorixona tarmoqlari rahbarlari
- Davlat idoralari va soha uyushmalari vakillari
- Tibbiyot, farmatsevtika, estetik kosmetologiya va digital-texnologiyalar sohasidagi mutaxassislar
- Tibbiy uskunalar va dori-darmonlarni ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar.
- Riteylerlar, distribyutorlar, ulgurji kompaniyalar, iste'molchilar.
- Tibbiy loyihalarni rivojlantirishga qiziqqan investorlar.
- Dermatologlar, kosmetologlar, plastik jarrohlar va anti-age terapiya bo'yicha mutaxassislar
Ish vaqti: soat 10:00 dan 17:00 gacha.
Mutaxassislar uchun kirish elektron beydjlar orqali!
Ma'lumot uchun telefon raqami: 71 205 18 18
En
Ru
Uz
Ge
Cn