CAEx Food & HoReCa sanoat ekspertlari bilan muloqotni mustahkamlamoqda

CAEx jamoasi “Leo Hospitality Solutions” va “Inn stock” kompaniyalari rahbariyati bilan ko‘rgazma loyihalarini rivojlantirish strategiyasini muhokama qildi.

CAEx Food & HoReCa sanoat ekspertlari bilan muloqotni mustahkamlamoqda

04.04.2026

Uchrashuv yangi g‘oyalarni sinovdan o‘tkazish va O‘zbekiston mehmonxona sohasi vakillarining dolzarb ehtiyojlari bo‘yicha ekspert fikrini olish imkonini berdi.

CAEx operatsion direktori Mehmet Dükkancı va CAEx Food & HoReCa ko‘rgazmasi timlidi Abdulaziz Ikramjanov mehmonxona-restoran biznesi vakillari bilan bir qator muzokaralar o‘tkazdi. Ishchi tashrif doirasida “Leo Hospitality Solutions” bosh menejeri Murat Özgen hamda “Inn stock” ta’minot kompaniyasi bosh direktori Serdar Doğaner bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 

Muhokamalarning asosiy qismi O‘zbekistondagi HoReCa sohasi va oziq-ovqat sanoatining bugungi holatini tahlil qilishga qaratildi. CAEx jamoasi ekspertlarga yaqinlashib kelayotgan CAEx Food & HoReCa ko‘rgazmasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir qator yangi konsepsiyalarni taqdim etdi.

Mehmet Dükancı, CAEx operatsion direktori, soha vakillari bilan uchrashuvlarning ahamiyatini ta’kidladi: “Ushbu uchrashuv biz uchun juda foydali bo‘ldi, chunki biz sohadagi dolzarb muammolarni bir vaqtning o‘zida ikki nuqtai nazardan — boshqaruv kompaniyasi va mehmonxonalar uchun uskunalar hamda mahsulotlar yetkazib beruvchi professional kompaniya nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘ldik. Bunday kompleks yondashuv bizga soha vakillari uchun haqiqatan ham foydali biznes maydon yaratish va CAEx Food & HoReCa ko‘rgazmasini biznes uchun samarali qilish imkonini beradi.”

Abdulaziz Ikramjanov, CAEx Food & HoReCa timlidi, qo‘shimcha qildi:

“Bu biz uchun joriy yilning o‘zida ko‘rgazmalarimizda joriy etishni rejalashtirayotgan yangi g‘oyalarni sinovdan o‘tkazish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi. Bozor yetakchilarining fikrlari bizga tadbirlarimizni biznes uchun yanada samarali vositaga aylantirish yo‘llarini tushunishga yordam beradi.”

Eslatib o‘tamiz, CAEx Food & HoReCa ko‘rgazmasi 2027-yil 4–6-fevral kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur biznes tadbir CAEx ko‘rgazma markazida oziq-ovqat sanoati va mehmonxona-restoran sohasi vakillarini birlashtiradi.